Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda yirik avtohalokat, bir hamyurtimiz vafot etdi

Qozog‘istonda yirik avtohalokat, bir hamyurtimiz vafot etdi

Foto: «Google.com»

Mamlakatimizning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 29-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15da «Samara-Chimkent» trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida hamyurtimiz M.A. vafot etdi.

Sadafxon Ahmataliyevna Yunusova va Oybek Xotamjon o‘g‘li Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga binoan ularning sog‘liklari holati barqaror.

8 nafar hamyurtimiz ayni paytda Xromtau shahridagi «Sherxan» kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring