Qozog‘istondagi YTHda 2 o‘zbek qurbon bo‘ldi

Bugun, 14-avgust kuni erta tongda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTHda 3 odam, jumladan, 2 nafari – O‘zbekiston fuqarolari vafot etgan.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va marhumalarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter