Qozog‘istonlik bokschi 70 soniyada nokautdan so‘ng jahon reytingida ko‘tarildi

Qozog‘istonlik bokschi Tursunboy Kulaxmat muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgandan so‘ng Boxrec.com saytidagi reytingda o‘z o‘rnini yaxshilab oldi, deya xabar berdi Sports.kz.
Kulaxmat Dubaydagi boks oqshomida ishtirok etib, u yerda shu paytgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan venesuelalik Eber Rondonni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi — buning uchun unga atigi 70 soniya kifoya qildi.
Ushbu g‘alabaning sharofati bilan Kulaxmat o‘rta vazn toifasida WBC International kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shuningdek, qozog‘istonlik sportchi BoxRec reytingida 187-o‘rindan 139-o‘ringa ko‘tarildi.
Ta’kidlash jiozki, Kulaxmatning professonal ringdagi uchta jangidan ikkitasi chempionlik uchun kurash edi: noyabrda u ikkinchi darajali WBC kamarini qo‘lga kiritdi. Endi esa uni muvaffaqiyatli himoya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter