Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonliklar eng ko‘p O‘zbekistonga pul jo‘natgan – 25 mlrd tenge

Qozog‘istonliklar eng ko‘p O‘zbekistonga pul jo‘natgan – 25 mlrd tenge

2025-yil sentyabr oyida Qozog‘istondan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 71,6 milliard tengega yetdi. Avgust oyiga nisbatan operatsiyalar soni 5,1foizga o‘sgan bo‘lsa, umumiy hajm 1,6 foizga kamaygan. 

Hisobot oyida qozog‘istonliklar eng ko‘p pul o‘tkazmalarini O‘zbekistonga yo‘llashgan – 25 mlrd tenge (barcha xalqaro operatsiyalarning 34,9 foizi).

Shuningdek:

  • Rossiyaga – 20,3 mlrd tenge (28,4 foiz)
  • Turkiyaga – 11,3 mlrd tenge (15,8 foiz)
  • Gruziyaga – 4,2 mlrd tenge (5,8 foiz)

Mutahassislar ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiyaga yo‘nalgan pul o‘tkazmalarining o‘sishi mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat va oilaviy aloqalarning faolligi, shuningdek, xorijda vaqtinchalik ishlayotgan fuqarolar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Turkiya esa turizm va biznes sohalaridagi hamkorlik tufayli reytingda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda.

Shuningdek, Qozog‘istonga O‘zbekistondan pul jo‘natmalari hajmi sentyabr oyida 2,6 mlrd tengeni tashkil qilgan.

Tahlilchilar ta’kidicha, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama pul oqimi valyutalar kursining o‘zgarishi va migratsiya oqimlariga qaramasdan barqaror qolmoqda. Shu bilan birga, raqamli pul o‘tkazmalar va onlayn-servislarga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda – ular tez va xavfsiz operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring