Qudratilla Rafiqov 91,9 foiz ovoz bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib saylandi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi qurultoyida Qudratilla Rafiqov delegatlarning 91,9 foiz ovozini olib, Federatsiya raisi etib saylandi.
Mazkur qurultoyda ilk bor rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylandi.
Shuningdek, Ilhomiddin Qobilovich Shokirov hamda Baxtiyor Mahmadaliyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosarlari etib saylandi.
O‘rinbosarlar ham muqobil nomzodlar orasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter