Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quduqqa tushib hushini yo‘qotayozgan ikki fuqaro qutqarib qolindi

Quduqqa tushib hushini yo‘qotayozgan ikki fuqaro qutqarib qolindi

Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent viloyati Toshkent tumani Bunyodkor mahallasi Yangi zarbuloq ko‘chasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv  uchun mo‘ljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan. 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qoladi. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashadi. 

Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A.ning o‘g‘li Qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring