Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulkan qulupnay Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi

Ulkan qulupnay Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi

Foto: «Mail.ru»

Isroildagi oila yetishtirgan dunyodagi eng ulkan qulupnay Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi.

Isroil Markaziy okrugining Kadima-Soran qishloq xo‘jaligi shirkatidagi Ariellar oilasiga qarashli plantansiyada eng yirik qulupay topildi. Og‘irligi 289 gramm, aylanasi 34 santimetrni tashkil etgan ushbu qulupnay mevasi Ilan naviga mansub. Ushbu nav muallifi Isroil qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari tashkilotida faoliyat yurituvchi Nir Day ismli olim hisoblanadi.

Ulkan qulupnayni tarozida tortishda olim ham qatnashdi, uning ta’kidlashicha, bu yil sovuq ob-havo sababli mavsum kechikdi, shu bois ayrim rezavorlar qo‘shaloq bo‘lib rivojlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring