Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbon hayiti kuni poytaxtning qaysi ko‘chalari avtomobillar uchun yopilishi aytildi

Qurbon hayiti kuni poytaxtning qaysi ko‘chalari avtomobillar uchun yopilishi aytildi

Qurbon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda 16-iyun kuni nishonlanishi aytilgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hayit namozi Toshkent shahrining 121 ta masjidida o‘qiladi. 

Poytaxt IIBB hayit namozini «yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash» maqsadida 16-iyun soat 00:00 dan 7.00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanishini ma’lum iildi.

Jumladan:

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

  • «Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

  • «Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontoxur tumani:

  • «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
  • «Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
  • «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik  ostidan Oliy Majlis binosi  qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

  • «Abdullox ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • «Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha. 

Mirobod tumani:

  • «Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklarni tщ-ri tushunib, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etilmoida.

Shu bilan birga, hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar poytaxtimizda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring