Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Senat bugungi yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqdi.

Mazkur qonun bilan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlarga qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni belgilovchi hamda ayrim qonunlarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining nomi va huquqiy maqomi o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi qurilish oynasi sanoatini rivojlantirishga, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan qurilish oynasidan hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish va qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mamlakatning rasmiy statistika sohasidagi ma’muriy islohotlarni samarali amalga oshirish doirasida statistika organlarining faoliyatini takomillashtirishga hamda foydalanuvchilar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring