Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvadagi qonli «razbor» yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Quvadagi qonli «razbor» yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati Quva tumanida ikki guruh «ko‘cha bolalari» o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv bir yigitning o‘limi bilan yakun topgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2019-yil 2-noyabr kuni soat 02:30 larda Quva tuman IIB navbatchilik qismiga tuman tibbiyot birlashmasi ShTYoKIMdan fuqaro J.M sanchib-kesilgan jarohatlari bilan olib kelinganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, 1-noyabr kuni soat 20.00larda F.T tanishi M.N bilan o‘zaro janjallashgan, janjal davomida M.N F.Tni urib-do‘pposlagan. F.T bu haqda tanishi J.Sga aytgan. J.S esa M.Nning tanishi J.Yuga telefon qilib, ularni «Xonobod» MFY hududidagi «Qosim Karvon» fermer xo‘jaligi dala maydoni hududiga chaqiradi va janjallashganlarni o‘zaro yarashtirib qo‘yishni taklif qiladi.

Fuqaro J.Yu tanishlari J.B, M.N, J.M bilan birga Quva tumani «Do‘stlik» MFY hududidagi «Qosim Karvon» fermer xo‘jaligi dala maydoni ro‘parasidagi Quva-Shahrixon yo‘li bo‘yiga 02.11.2019-yil kuni soat 02:10 larda borishadi.

U yerda o‘zaro suhbat davomida J.S J.M bilan janjallashib qoladi va uni ikkala oyoq-son qismlariga, yelka sohasi, qo‘llarining ikkala bilak hamda chap biqin sohasiga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazadi.

Shundan so‘ng J.S yo‘lovchi mashinani to‘xtatib, jarohatlangan J.Mni shifoxonaga jo‘natadi.

Jabrlanuvchi J.Mga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 2019-yil 2-noyabr kuni soat 03:05larda shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2-noyabr kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan J.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan Fargona viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring