Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh energiyasini davlatga sotgan aholiga 6 oyda 8,9 mlrd so‘m to‘lab berildi

Quyosh energiyasini davlatga sotgan aholiga 6 oyda 8,9 mlrd so‘m to‘lab berildi

2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. 

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 mlrd so‘m (8,9 mln kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Ma’lumot uchun, subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring