Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli o‘sish: Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tarmoqlarni rivojlantirishga 30 million dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda (video)

Raqamli o‘sish: Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tarmoqlarni rivojlantirishga 30 million dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda (video)

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Mobiuz tarmoqlarini modernizatsiya qilishning birinchi bosqichi natijalariga bag‘ishlangan rasmiy tadbir o‘tkazildi.

Maqsad — hududlarni raqamlashtirish

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va "O‘zkomnazorat" inspeksiyasining hududiy boshqarmalari vakillari, Mobiuz va ZTE Uzbekistan rahbariyati hamda vakillari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Kompaniyaning Urganch shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi bilan videokonferensaloqa o‘rnatildi.

Mobiuz mobil operatori investitsiya strategiyasini faol amalga oshirayotgani ta’kidlandi. Barcha hududlarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, aholi va biznes uchun raqamli xizmatlarni joriy etish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan yo‘nalish doirasidagi vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Mobiuz tarmoqlari va uskunalarini modernizatsiya qilish (SWAP loyihasi) buning yaqqol misolidir. Loyihani amalga oshirish uchun telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi jahon yetakchilaridan biri - ZTE Corporation kompaniyasi jalb qilindi.

Kelajakka investitsiya

Tadbir ishtirokchilariga SWAP loyihasining birinchi bosqichi natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tarmoqlarni texnik qayta jihozlash loyihasining umumiy qiymati 30 million dollardan ortiq bo‘lib, hozirga qadar 13 million dollardan ko‘proq mablag‘ o‘zlashtirildi.

SWAP loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 314 ta radioreley oralig‘i va 268 ta tayanch stansiya almashtirildi. 637 ta yangi tayanch stansiya ishga tushirildi.

Xorazm viloyatida 376 ta radioreley oralig‘i va 305 ta tayanch stansiya yangilandi. 593 ta yangi tayanch stansiya ishga tushirildi.

Natija — ikki mintaqada yetakchilik

Tadbir doirasida mobil internet tezligining jonli o‘lchovlari o‘tkazildi. Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida internetning o‘rtacha tezligi 20 foizga, internet trafigi hajmi esa 36 foizga oshgan. Xorazm viloyatida ham natijalar sezilarli - internet tezligi 33 foizga, abonentlar tomonidan yaratilgan internet-trafik 34 foizga o‘sgan.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi tomonidan o‘tkazilgan mustaqil radiomonitoring natijalari ham buni tasdiqlaydi. Uning natijalariga ko‘ra, Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmda mobil internet tezligi va tarmoqlar barqarorligi bo‘yicha yetakchi deb topildi.

Tadbirda ushbu yutuqqa erishishda Mobiuzning ikki hududdagi Texnik bo‘limlari mutaxassislarining hissasi alohida ta’kidlandi. Faol xodimlarni faxriy yorliqlar bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Yanada raqamlashtirish yo‘nalishi

Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida SWAP loyihasi davom ettiriladi va kengaytiriladi. Shu bilan birga, bu Mobiuz mobil operatori tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘plab yo‘nalishlardan biridir. Joriy yilning avgust oyida kompaniya Farg‘ona vodiysi shaharlarida 5G texnologiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Barcha hududlarda bir vaqtning o‘zida o‘nlab tayanch stansiyalar ishga tushirilmoqda.

Nukusdagi tadbir nafaqat SWAP loyihasining joriy natijalari taqdimoti, balki hududlar rivojlanishidagi yangi bosqichning ramzi bo‘ldi. Mobiuz "Insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari intilamiz" qarashi shunchaki shior emas, balki millionlab odamlar hayotini o‘zgartiradigan aniq harakatlar ekanligini isbotladi. Kompaniya oldida yangi loyihalar, yangi texnologik yechimlar, aholi uchun yangi imkoniyatlar turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring