Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqiblar Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishni istashmayapti

Raqiblar Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishni istashmayapti

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «kichik jahon chempionati»ning yarim final janglari yakunlandi. Bahodir jangsiz finalga chiqdi.

Jami esa 11 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Shunqor Abdurasulov, Dilshod Abdumurodov, Nurislom Ismoilov, Xavasbek Asadullayev va Jasurbek Yo‘ldoshevlar bronza medali bilan kifoyalanishdi. 

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Yergunal Sebatin (Bolgariya) 3:2 g‘alaba 
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Jimao Jang (Xitoy) 4:1 g‘alaba
  • -54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Federiko Serra (Italiya) 3:2 g‘alaba
  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov - Radoslav Rosenov (Bolgariya) 1:4 mag‘lubiyat
  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Dilshod Abdumurodov 5:0
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Maks Makkleri (Avstraliya) 5:0 g‘alaba
  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Emilo Garsiya (AQSh) 4:1 g‘alaba
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Gurgen Madoyan (Armaniston) 5:0 g‘alaba
  • -67 kg: Bekzod Hamidov - Sebastyan Terteryan (Daniya) 5:0 g‘alaba
  • -71 kg: Nurislom Ismoilov - Erdemir Tugrulxan (Turkiya) 0:5 mag‘lubiyat
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov - Nikolay Terteryan (Daniya) raqib 1-raunddan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortdi
  • -75 kg: Xavasbek Asadullayev - Villiam Cholov (Bolgariya) 2:3 mag‘lubiyat
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Robbi Gonsales (AQSh) 0:5 mag‘lubiyat
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev - Georgi Kushitashvili (Gruziya) 5:0 g‘alaba
  • +92 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon) raqib jangga chiqmaganligi sabab, Jalolov finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodirning chorak finaldagi raqibi ham u bilan jang qilishni istamagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring