Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblananayotgan holatlarni o‘rganadi, deya xabar berdi qo‘mitaning matbuot xizmati.
Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlar elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotgani va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, «O‘zenergoinspeksiya», O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» vakillari jalb qilingan.
Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Iste’molchilar yuqoridagi kabi muammoli holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining ishonch 1159 raqamiga yoki «Telegram» messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter