Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy xabar. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatildi

Rasmiy xabar. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020-yil 15-martdagi «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishi»ning 6-sonli bayoni talablari asosida respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan 2020-yil 24-mart kunidan boshlab, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatildi.

Joriy yilning 23-mart kunidan keyin pasport, yashash guvohnomasi olish, almashtirish, propiskani rasmiylashtirish, viza va yashash guvohnomasini muddatini uzaytirish masalalari yuzasidan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat etishni rejalashtirgan va vaqtinchalik qabul to‘xtatilganligi munosabati bilan murojaat qila olmagan shaxslar pasport tizimi va bo‘lish qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi.

Fuqarolarga tegishli ma’lumotlarni hamda telefon raqamlarni migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining saytidan olishingiz mumkin, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring