Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev blogerlar yoppasiga faoliyatini tugatayotganiga to‘xtaldi

Rasul Kusherbayev blogerlar yoppasiga faoliyatini tugatayotganiga to‘xtaldi

Qashqadaryolik blogerlar Umid Karimov, Maqsud Muzaffarov, Otabek Artikov, O‘roljon Kamolov, Azizbek Yazdurdiyev hamda Nasafnews.uz axborot nashri faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. «KeshNews» telegram kanali faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini bildirdi.

«Blogerlarning uch nafari yaqinda besh sutkaga qamalib chiqqandi. Chiqa solib, blogerlik faoliyatini to‘xtatishgani ularga ichkarida bosim qilindimi, degan savol tug‘diradi.

Nima bo‘lganda ham bu ishlar bloger va jurnalistlarga soliq to‘lovchilar hisobidan yashaydigan va hamma biladigan idoralar qilayotgan bosimlar va sudlarning adolatsiz qarorlari sabab bo‘layotgani ko‘rinib turibdi.

Bu aslida so‘z erkinligi va demokratiyaga qilinayotgan huruj. Ayrimlar O‘zbekistonda demokratiya bo‘lishini istamayapti!

Qizig‘i, bugun bosim qilayotganlarning o‘zlari ertaga huddi shu bloger va jurnalistlardan adolatni yuzaga chiqarishda yordam so‘rab kelishadi. Agar o‘sha vaqtgacha ulardan kimdir qolgan bo‘lsa albatta.

Blogerlarning ketkazilishi demokratik O‘zbekiston uchun yana yo‘qotish bo‘ldi», deb yozadi Rasul Kusherbayev.

«Gazeta.uz» blogerlar bilan bog‘lanib, vaziyat yuzasidan izoh olgan.

«Faoliyatimni yakunlashimda bo‘lib o‘tgan voqealarning aloqasi bor. Bir narsaga achindim, sud zaliga kirganimdan keyin sudyadan bodikamerani ko‘rishlarini juda ko‘p iltimos qildim. Lekin u buni inobatga olmadi. Sudyaga xodimni urmaganim, so‘kmaganim, haqorat qilmaganimni aytdim. Sud zalida televizor bor, bodikameradagi videoyozuvlarni qo‘yib berishlarini so‘radim, biroq inobatga olishmadi», — dedi Umid Karimov.

«Haqiqat yo‘qligini ko‘zim bilan ko‘rdim. Faoliyatni davom ettirishim uchun himoya yo‘q ekanini ko‘rdim. Shu ishlar ko‘zimni ochdi», — degan Maqsud Muzaffarov.

«... Sud ularni vajini tinglamay ham 5 sutka berib yubordi. Ertaga meni ham bunday narsalardan hech kim “sug‘urta” qilishga kafolat bermaydi...

Agar man bilan shunday holat yuz berganda onam buni ko‘tarolmasdi, men onamni qotiliga aylanishni istamayman. Buyog‘iga oddiy odamlar qatorida yashamoqchiman. Hozircha dam olmoqchiman erkin va hadiklarsiz hayotdan to‘yib-to‘yib nafas olmoqchiman...», — degan Otabek Artikov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring