Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi degan savolga nuqta qo‘ydi

Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi degan savolga nuqta qo‘ydi

Foto: Xabar.uz

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi?» degan savollar ko‘p ko‘tarilmoqda. Oliy Majlis deputati bu savolga nuqta qo‘ydi.

«Menda bunday niyat yo‘q, buni bir necha bor aytganman. Birinchidan, bunga xohish yo‘q, ikkinchidan yoshim yetmaydi, uchinchidan bunga insonda uzoq yillik mehnat va bilim tajribasi bo‘lishi kerak.

Agar bugungi kunda yurtdoshlarimizda men haqimda bunday ijobiy fikrlar uyg‘ongan bo‘lsa, bu o‘zgarishlarga birinchi navbatda amaldagi davlat rahbarining olib borayotgan siyosati, depuputatlarga e’tibori, ochiqlik va oshkoralikka yaratib bergan sharoitlari natijasi deb bilaman. Va bu yo‘lda prezidentimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Men O‘zbekistonning farovonligi, rivoji yo‘lida davlat rahbari tomonidan qanday ijobiy islohotlar olib borilayotgan bo‘lsa, mana shu islohotlarning faol ijrochisi, uni joylarga yetkazish va natijasini yuzaga chiqarish yo‘lida o‘zimni xizmatimni sarflayman degan maqsad bilan yashayapman, harakat qilyapman. Buni shu ma’noda qabul qilishlaringizni so‘ragan bo‘lardim», deydi deputat.

Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida «bu mavzuning men bilan bog‘liq qismi shu bilan yakunlanadi, deb umid qilaman. Iltimosim bu savolni boshqa ko‘tarmaylik.

Qayerda va qanday vazifada bo‘lmasin yurtdoshlarimizga yaxshilik qilish va mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga bo‘lgan ishtiyoq so‘nmasa bo‘ldi.

O‘zimiz bilgan va xohlagan yo‘lda ketishda davom etamiz», deb yozib qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring