Ravshan Ermatov va Elbek Shukurov sport vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Ermatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani e’lon qilingan.
Ravshan Ermatov shu vaqtga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan bo‘lsa, Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritayotgan edi.
Biroz avval Ravshan Ermatov yangi lavozimga o‘tishi xususida xabar tarqalgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter