Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov yana bir nufuzli lavozimni egalladi

Ravshan Ermatov yana bir nufuzli lavozimni egalladi

Foto: Xabar.uz

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qo‘mitalariga vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi tayinlovlar amalga oshirildi.

Bu haqda Championat.asia xabar bermoqda. 

Xususan, tashkilotning Hakamlar Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga OFK Ijroiya Qo‘mitasi vakili, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nomzodi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov ayni damda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti ham sanaladi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring