Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«RayONO»larni mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazishni xohlashyapti – vazirlik

«RayONO»larni mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazishni xohlashyapti – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazilayotgani bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

O‘z o‘rnida, vazirlik ushbu normativ-hujjatning hozirda loyiha ekanligi va uning rasmiy kuchga ega emasligini ta’kidlamoqda.

«Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirilib, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o‘tkazilayotgani bo‘yicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring