Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rayyona qutlug‘»dan jabrlanganlar Bosh prokuraturada to‘planishdi

«Rayyona qutlug‘»dan jabrlanganlar Bosh prokuraturada to‘planishdi

Bir muddat avval Toshkent shahrida 300 nafarga yaqin fuqarolardan avtomobil va uy olib berish va’dalari bilan pul yig‘ib kelgan «Rayyona qulug‘» MChJ rahbarlaridan biri bankdan pullarni yechib chet elga qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

O‘quvchilarning guvohlik berishicha, jabrlangan fuqarolardan 50 nafarga yaqini bugun, 11-avgust kuni Bosh prokuraturaga borishgan. Ular idoradan pullarini olib Ozarbayjonga qochib ketgan firma rahbarini tutib kelish va pullarini undirib berishda yordam so‘rashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masalada Toshkent shahar IIBB ham rasmiy munosabat bildirib, jabrlanganlar haqida ma’lumot to‘planayotgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring