Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» futbolchisi «PSJ»ga o‘tdi

«Real» futbolchisi «PSJ»ga o‘tdi

Marko Asensio «PSJ» bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real»ni erkin agent sifatida tark etgan yarimhimoyachi 5 iyun kuni parijliklar bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Asensio yakunlangan mavsumda La Ligada 31ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi.

Avvalroq «Real»ni Karim Benzema va Luka Modrich tark etayotgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring