Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Mbappega shart qo‘ydi

«Real» Mbappega shart qo‘ydi

«PSJ» klubining fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappening «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘ldi. Biroq hali barchasi hal bo‘lgan emas.

Xorij OAVlarining yozishicha, madridliklar fransiyalik futbolchiga kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishi uchun bir oylik muddat belgilashgan.

Madrid superklubi Mbappeni qo‘lga kiritish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmayapti. Ikki yil avval «Real» fransuz futbolchisini olib kelishga qattiq uringandi. Endi esa Karlo Anchelotti jamoasida Bellingem, Vinisius va Rodrigo kabi top hujumchilar bor, bundan tashqari ular Braziliyadan yosh iqtidor sohibi — Endrikni kutishmoqda.

Shuning uchun, Mbappe qirollik klubiga o‘tmoqchi bo‘lsa, bu haqda shaxsan o‘zi e’lon qilishi kerak. Shu bilan birga, «Real»da fransiyalik futbolchi «PSJ»da oladigan maoshni ololmaydi.

Avvalroq «Real» Mbappe o‘rniga boshqa yulduzni nishonga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring