Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» yoki «PSJ»? Mbappe hamon ikkilanyapti

«Real» yoki «PSJ»? Mbappe hamon ikkilanyapti

Fransiyalik nomdor hujumchi Kilian Mbappe faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida hali ham bir qarorga kelmagan.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi hali «Real» va «PSJ» borasida bir qarorga kelmagan, shuning uchun Mbappe o‘zining yakuniy qarorini yaqin kunlarda e’lon qilishiga kafolat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida Kilian Mbappe erkin agentga aylanadi va istalgan jamoasiga tekinga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Kilian Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring