Rejissyor Sarvar Karimov akasi va singlisi bilan shifoxonaga joylashtirildi
![Rejissyor Sarvar Karimov akasi va singlisi bilan shifoxonaga joylashtirildi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2332815553.jpg)
Kuni kecha o‘zbekistonlik iste’dodli rejissyor Sarvar Karimov otasi uyida bir hafta davolanib, koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, butun oilasi bilan rasman COVID-19 ga chalinganini ham qayd etgandi.
Uning yana yozishicha, oilasida uch kishini shifoxonaga joylashgan:
– Meni, akamni va singlimni Yunus-Oboddagi Nuroniy sanatoriysiga olib kelib joylashdi. 8 ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Bechoralarning ahvoli biznikidan badtar. Boshqa vrachlar yo‘q, ukollar yo‘q, apparatlar yo‘q. Sabr qilishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q, – deb yozadi Sarvar Karimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter