Respublikaning beshta universitetiga rahbarlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan 5 ta OTMda tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra:
Sherzod Ne’matov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi.
Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
Dilnoza Xo‘jayeva Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.
Bahrom To‘laganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.
Sadoqat G‘afforovna Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
S.Siddiqova bungacha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter