Restoservice.uz – qulay imkoniyatlar sayti!

Restoran va mehmonxona egalari uchun yana bir qulaylik! Endi siz ofitsiant xodimlaringizni restoservice.uz onlayn platformasi orqali oson va sifatli o‘qitishingiz mumkin.
Loyiha haqida
Mehmonxona restoranlari va umumiy ovqatlanish korxonalari ofitsiantlari masofadan malaka oshiradigan hamda ofitsiant kasbiga oid o‘quv materiallar, audio va video darslarni o‘zida jamlagan, horijiy ekspertlar ishtirokidagi vebinarlarni o‘tkazish imkoniyatini beradigan onlayn platforma.
Onlayn o‘qish afzalliklari
Saytimiz orqali onlayn o‘qish Sizga ish faoliyatingizdan ajralmay masofadan turib, kunning istalgan vaqtida o‘qish, o‘z vaqtingizni o‘zingiz rejalashtirgan holda malaka oshirish imkoniyatini beradi.
Bu sizga nima beradi?
Masofadan turib o‘qish orqali sohaga oid bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishingiz, o‘quv dasturi yakunida diplom va sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin. Shu bilan birga, siz va sizning kasbiy mahoratingiz haqidagi ma’lumotlar (rezyume) ushbu sayt platformasiga ish beruvchilar uchun joylashtiriladi.
Diplom Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tan olinadi!
Shuningdek:
Restoran va mehmonxona egalari saytimiz orqali qaynoq vakansiyalar haqidagi e’lonlarni joylashtirishlari va malakali ofitsiantlar bazasidan mutaxassislarni tanlab olishlari mumkin.
Onlayn o‘qish uchun…
1.Saytda ro‘yxatdan o‘tib o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar bilan tegishli bandlarni to‘ldirishingiz;
2.O‘zingiz uchun ma’qul ta’rifdagi kursni tanlab, uni xarid qilishingiz kerak.
Saytda bir necha turdagi tarif va kurslar mavjud.
«Silver» tarifi imkoniyatlari
- Platformadagi profilingiz (rezyume va siz haqingizdagi ma’lumotlar) aktiv holatda saqlanadi va ish beruvchilar uchun oddiy ofitsiant sifatida ko‘rsatiladi;
• Ish beruvchilarning vakansiya haqidagi e’lonlarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi;
• Sayt yangiliklari haqida ma’lumot elektron pochtangizga yuborib turiladi;
• Saytdagi qiziqarli ma’lumotlar, o‘quv va video materiallardan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz;
• Ofitsiantlar chatidan foydalanish imkoniyati mavjud;
• Yil davomida bir marta «Platinum» tarifidan foydalangan bo‘lsangiz profilingiz ish beruvchiga «Top ofitsiant» darajasi bo‘yicha ko‘rsatib beriladi;
• Yangi qo‘shilgan va siz ilgari o‘qimagan mini o‘quv kurslarga 10% chegirma beriladi.
«Gold» tarifi imkoniyatlari
- Platformadagi profilingiz (rezyume va siz haqingizdagi ma’lumotlar) aktiv holatda saqlanadi hamda ish beruvchilarga ko‘rsatiladi, agar yil davomida bir marta «Platinum» tarifidan foydalangan bo‘lsangiz, profilingiz ish beruvchiga «Top ofitsiant» darajasi bo‘yicha ko‘rsatib beriladi;
• Ish beruvchilarning vakansiya haqidagi e’lonlarini ko‘rish imkoniyatini beradi;
• Sayt yangiliklari haqida ma’lumot elektron pochtangizga yuborib turiladi;
• Saytdagi qiziqarli ma’lumotlar, o‘quv va video materiallaridan foydalanish mumkin bo‘ladi;
• Ofitsiantlar chatidan foydalanish imkoniyati beriladi;
• To‘rtta mini trening kursida o‘qib, sertifikatingizni profilingizga yuklab olasiz;
• Xorijiy trenerlar ishtirokidagi seminar treningga 10% chegirma taqdim etiladi.
«Platinum» tarifi imkoniyatlari
- Platformadagi profilingiz (rezyume va siz haqingizdagi ma’lumotlar) aktiv holatda saqlanadi ish beruvchilar uchun «Top ofitsiant» darajasida ko‘rsatiladi;
• Sayt yangiliklari haqida ma’lumot elektron pochtangizga yuborib turiladi;
• Ofitsiantlar chatidan foydalanish imkoniyati beriladi;
• «Ofitsiant server» (ikki oylik) qayta tayyorlov kursida o‘qib, diplomingizni profilingizga yuklab olasiz;
• Horijiy trenerlar ishtirokidagi seminar treningga 10% chegirma taqdim etiladi.
Siz mehmonxona ochmoqchimisiz yoki mavjud litsenziyangizni yangilashingiz kerak bo‘lsa…
Yodda tuting! 3220 davlat standarti bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lish va mehmonxonani yuritish uchun 15 o‘rindan ko‘p bo‘lgan mehmonxonalarning eng kami bir ofitsianti tegishli «Ofitsiant server» mutaxassisligi diplomiga ega bo‘lishi kerak.
ShOShILING!
QULAY IMKONIYaTNI QO‘LDAN BOY BERMANG.
*Eslatma: Mazkur loyiha Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ijtimoiy buyurtmasiga ko‘ra moliyalashtirilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot restoservice.uz saytida.
- Telegram: restoservice_uz
- Instagram: restoservice_uz
- Facebook: restoservice_uz
- Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99897 442 14 45; +99891 461 50 55
Reklama
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter