Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reuters: Tramp Maduroga Venesuelani tark etish uchun muhlat bergan

Reuters: Tramp Maduroga Venesuelani tark etish uchun muhlat bergan

AQSh prezidenti Donald Tramp 21-noyabrda Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqotda unga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muhlat bergan, deb xabar berdi Reuters to‘rtta manbaga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Maduroga o‘zi xohlagan davlatga, oila a’zolari bilan birga ketishi mumkinligini bildirgan. Bu muddat 28-noyabrda, juma kuni yakuniga yetgan. Muddat tugaganidan so‘ng Tramp o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Venesuela havo hududi AQSh uchun yopilganini e’lon qildi.

Reuters manbalari ta’kidlashicha, Nikolas Maduro mamlakatni tark etishga rozi bo‘lgan, ammo bir qator shartlar bilan. U AQShdan o‘zi va oilasi uchun to‘liq yuridik amnistiya, barcha AQSh sanksiyalarini bekor qilish va xalqaro jinoyat sudidagi ishni to‘xtatish kabi kafolatlarni talab qilgan.

Tramp ma’muriyati bu shartlarga rozi bo‘lmagani aytilmoqda.

Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida AQSh va Venesuela munosabatlari yanada yomonlashgan. Vashington Maduroni legitim prezident sifatida tan olmaydi va uning hukumatini o‘ta zaif narkotrafikka qarshi kurash, korrupsiya va qonunbuzarliklarda ayblaydi.

Sentyabrdan buyon AQSh Karib havzasiga zamonaviy aviatashuvchi, esminets va qiruvchi samolyotlar joylashtirdi va narkotik tashuvchi deb aytilayotgan kemalarga 20 dan ortiq zarbalar bergan.

Ushbu operatsiyalar natijasida 80 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Yangi cheklov – havo hududini yopish Vashingtonning Karakasga bosimi yanada kuchayganini anglatadi. Muttaxassislar bu vaziyat Venesueladagi siyosiy inqirozni yanada chuqurlashtirishi, mintaqada xavfsizlik muammolarini kuchaytirishi mumkinligini qayd etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring