Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Riberi futbol o‘ynayotganida uyini o‘g‘ri urib ketdi

Riberi futbol o‘ynayotganida uyini o‘g‘ri urib ketdi

Foto: «Championat.com»

«Fiorentina»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Frank Riberining Florensiyadagi uyiga o‘g‘ri tushdi. Noma’lum shaxslar uyiga «tushganida» Riberi Parmaga ketgan, shu nomdagi klubga qarshi to‘p surayotgandi.

Florensiyaliklar Parmadan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.

Uyiga kelgan Riberining g‘alaba kayfiyatidan asar ham qolmadi: qimmatbaho buyumlar va ayrim boshqa narsalar yo‘qolgandi. Yetkazilgan moddiy zararning aniq qiymati ochiqlanmagan.

Riberi 2019-yil yozidan beri «binafshalar» sharafini himoya qilib qilyapti. 37 yoshli fransuz shu paytgacha Italiya «A» seriyasida 15 o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan, ikkita golga assistentlik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring