Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rim papasi chechenlar va buryatlarni shafqatsiz deb atadi

Rim papasi chechenlar va buryatlarni shafqatsiz deb atadi

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, chechenlar va buryatlarni «Ukrainadagi rus qo‘shinlarining eng shafqatsiz qismi» deb atadi.

«Men Ukraina haqida gapirganda, dahshatli qiynoq ostida o‘layotganlarni nazarda tutaman. Agar sizlarda ayanchi o‘lim topgan odamlar bo‘lsa, ularni qiynab o‘ldirgan odamlar ham topiladi. Men Ukraina haqida gapirganda shafqatsizlik haqida gapiraman, chunki kiritilayotgan qo‘shinlarning beshafqatligi haqida xabarlar bor. Odatda Rossiya qo‘shinlari ichida eng shafqatsizlari chechenlar, buryatlar va boshqalar hisoblanadi», – degan Fransisk.

Bunga javoban Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fransiskning bu bayonotini «haqiqatni o‘ta soxtalashtirish» deb atagan.

«Bu endi rusofobiya emas, bu buzuqlik, men qay darajada ekanligini ham bilmayman. Esingizda bo‘lsin, 90-yillar va 2000-yillarning boshlarida bizga mutlaqo teskarisini aytishgan edi, bular ruslar, slavyanlardir, ular boshqa xalqlarni qiynamoqda. Kavkaz, hozir esa ruslarni Kavkaz xalqlari qiynayapti, deb aytishyapti, ular haqiqatni buzuvchilar bo‘lsa kerak», – deya ta’kidlagan Zaxarova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring