Rim papasi — Shomurodov jamoasining fanati

Vatikanning yangi saylangan rahbari Lev XIV — ashaddiy futbol muxlisi. Uning sevimli jamoasi ham bor.
Rim papasining sirini uning do‘sti, yepiskop Juzeppe Pagano ANSA jurnalistlariga ochiqladi.
«Uning hobbilari ko‘p, sportni sevadi. Imkoniyat bo‘lib qolsa, stadionga boradi. U «Roma»ning katta muxlisi», — dedi yepiskop.
Klub Rim papasiga uning ismi yozilgan futbolkani sovg‘a qilishga tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter