Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rim Papasining rasman lavozimga kirishish marosimida O‘zbekiston vakili ham qatnashdi

Rim Papasining rasman lavozimga kirishish marosimida O‘zbekiston vakili ham qatnashdi

Kecha, 18-may kuni Vatikanda Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ham O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashgan.

«Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi.

Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi», – deyiladi «Dunyo» AA xabarida.

O‘z navbatida, yangi Rim Papasi O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirgan.

Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26-aprel kuni Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tgan Rim  papasi Fransiskning dafn marosimida O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qatnashgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring