Rim Papasining rasman lavozimga kirishish marosimida O‘zbekiston vakili ham qatnashdi

Kecha, 18-may kuni Vatikanda Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ham O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashgan.
«Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi», – deyiladi «Dunyo» AA xabarida.
O‘z navbatida, yangi Rim Papasi O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirgan.
Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26-aprel kuni Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tgan Rim papasi Fransiskning dafn marosimida O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qatnashgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter