Robot-jarroh birinchi marta murakkab operatsiyani inson ko‘rsatmasisiz amalga oshirdi

Amerikalik olimlar jarrohlik roboti va uni boshqaradigan sun’iy intellekt algoritmini ishlab chiqdilar.
Bu esa ushbu mashinaga birinchi marta shifokorning hech qanday maslahatisiz yoki tana to‘qimalari va a’zolarining turli qismlariga qo‘llaniladigan maxsus belgilarsiz o‘t pufagidagi murakkab operatsiyani bajarish imkonini berdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti (JHU) matbuot xizmati xabar berdi.
Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, ular yaratgan robot-jarroh vazifani muvaffaqiyatli bajarib, xoletsistoektomiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha 17 bosqichni to‘g‘ri bajargan.
Tizim ishlayotgan jarrohlarning videoyozuvlari bo‘yicha o‘qitildi. U operatsiyalarni qanday bajarish kerakligini tushunadi, shunchaki shifokorlarni ko‘chirmaydi.
U tajribali jarrohlarning buyruqlarini qabul qilib, murakkab muolajalar vaqtida ularga tezda moslasha oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter