Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roma» ketma-ket 5-g‘alabasini nishonladi, Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi

«Roma» ketma-ket 5-g‘alabasini nishonladi, Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi

Foto: Sportbox

Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar yakunlandi.

«Roma» 1-daqiqadagi gol evaziga «Empoli»ni mag‘lub etib, ketma-ket 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov maydonda 72 daqiqa harakat qilib, bir necha qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, bu turda «Napoli» (60, 2-o‘rin) o‘z uyida «Fiorentina»dan (45, 8-o‘rin) ustun kelib, peshqadam «Inter» (61) bilan minimal farqni qaytardi.

«Bolonya» (50, 6-o‘rin) safarda «Verona» (26, 15-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, 5-o‘rindagi «Latsio»ga yetib oldi.

A Seriya. 28-tur. 9-mart

Empoli — Roma 0:1

Gol: Soule (1).

Napoli — Fiorentina 2:1

Gollar: Lukaku (26), Raspadori (60) — Gudmundsson (66)

Verona — Bolonya 1:2

Gollar: Moskera (80) — Odgor (40), Kambiyagi (78).

Chetlatish: Valentini (70).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring