Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roma» Shomurodovni to‘liq sotib oldi!

«Roma» Shomurodovni to‘liq sotib oldi!

Foto: «Roma» rasmiy sayti

Hamma yo‘llar Rimga eltadi, biroq Eldorni emas, yagona yo‘l — sotib olish... «Roma» ushbu favqulodda qarorini: «Jenoa»ning o‘zbekistonlik futbolchisi Eldor Shomurodovni 17,5 million yevroga transfer qilganini o‘z rasmiy saytida e’lon qildi.

Ilgariroq Shomurodovning ijara narxi 2,5 million yevro ekani, «Roma» keyinroq uni 15 million yevroga sotib olish majburiyatini olgani haqida xabar berilgandi.

Shomurodovni «Jenoa» bilan bog‘lab turgan majburiyat qolmadi — ijara masalasi butkul yopildi. Endi u chinakam Rim legioneri.

«Roma» va Shomurodov o‘rtasida besh yillik shartnoma tuzildi: 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Eldorga 14-raqamli futbolka berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring