Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldino qalbaki pasport bilan Paragvayda ushlandi

Ronaldino qalbaki pasport bilan Paragvayda ushlandi

Foto: «Eurosport»

Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, futbol yulduzi Ronaldino qalbaki pasport bilan Paragvayda ushlandi.

Biroq Paragvay prokuraturasi Ronaldinoga nisbatan ayblov e’lon qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda prokuror Federiko Delfino ma’lum qildi.

Sud vakiliga ko‘ra, mamlakatga qalbaki hujjatlar bilan kirgan Ronaldo de Assis Moreyra — ya’ni Ronaldino hamda uning akasi Roberto tergov uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etishgani bois ozodlikka chiqarilgan.

Ish hamon ko‘rib chiqilmoqda, Ronaldino esa sakkiz soatlik so‘roqdan so‘ng prokuratura binosini tark etgan, deb yozmoqda «ABC Color» gazetasi. Porkuror Delfino bir necha shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilingani, Ronaldino va akasi ular orasida yo‘qligini aytgan. Biroq tergov yakuniga yetguniga qadar aka-ukalar Paragvayda qolishlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinoda 2,3 mln. yevro qarzdorlik mavjudligi aniqlangach, Braziliyani tark etishi taqiqlangan edi. Shunga qaramay, u qalbaki pasport bilan qo‘shni Paragvayga jo‘nab ketgan. Unga qalbaki pasport olishda yordam bergan tadbirkor Vilmondes Souza Lira Braziliyada hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring