Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu — 2025-yilda eng ko‘p pul ishlagan sportchi

Ronaldu — 2025-yilda eng ko‘p pul ishlagan sportchi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Krishtianu Ronaldu 2025-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilar reytingi peshqadamiga aylandi.

U 2024-yilda ham ushbu reyting sardori bo‘lgandi.

Yaqinda Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida birinchi bo‘lib milliarderlar ro‘yxatiga qo‘shilgandi: Bloomberg Billionaires Indexga ko‘ra, cportchining boyligi 1,4 milliard dollarga yetgan.

O‘tgan yili Ronaldu 260 mln dollar ishladi — uchinchi o‘rindagi Lionel Messi (130 mln dollar)dan naq ikki barobar ko‘p.

2025-yilning eng boy sportchilar yetakchi o‘nligiga uch nafardan futbolchi va basketbolchi, ikki nafar beysbolchi, bir nafardan bokschi va golfchi kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring