Ronaldu jahon rekordini yangilashiga ishonmoqda
![Ronaldu jahon rekordini yangilashiga ishonmoqda](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2386187224.jpg)
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa safida gollar urish borasida yangi jahon rekordini o‘rnatishiga ishonmoqda.
Portugal yulduzi terma jamoasi safida 99 ta gol urgan, jahon rekordchisi — Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Daiy hisobida esa 109 ta gol bor.
O‘rtadagi 11 ta gollik farq Ronalduni aslo cho‘chitayotgani yo‘q, u o‘z nomini bu jabhada ham tarixga yozib qo‘ymoqchi.
«Barcha rekordlar qachondir yangilanadi, bunisini men yangilayman», — BBC Ronaldudan ana shunday iqtibos keltirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter