Ronaldu jamoa muhitini buzayotgani aytilmoqda

«Manchester Yunayted» jamoasining yosh futbolchilari hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘zini tutishidan noroziliklarini bildirgan.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu yosh o‘yinchilarni ko‘p tanqid qilmoqda. Shuningdek, o‘z vatandoshlari Brunu Fernandesh va Diyego Dalot bilan ham yaqin munosabatda bo‘layotgani ko‘pchilikka yoqmayapti.
Avvalroq Ronaldu ayni paytda manchesterliklar safida ichki muhitga moslasha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuning uchun u yozda «PSJ» safiga o‘tib ketishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» safiga 2021 yil sentyabrda borib qo‘shilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter