Ronalduning odobsiz harakati bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi «Al-Nasr»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Ash-Shabab» muxlislariga nisbatan noo‘rin ishorasi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.
25 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turi doirasida «Al-Nasr» jamoasi mehmonda «Ash-Shabab»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu penaltidan gol urib hisobni ochdi.
O‘yindan so‘ng muxlislar Messining ismini aytib hayqira boshlashdi. Bunga javoban Ronaldu ularga o‘girilib, qo‘li bilan ishora ko‘rsatdi. Bu muxlislarga nisbatan odobsiz harakat deb baholanmoqda.
Ronaldu 2022 yilning dekabr oyi oxirida «Al-Nasr»ga o‘tgan edi. U «Al-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi safida 54 ta gol urib, 2023 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter