Ronalduning onasi insultga uchradi
![Ronalduning onasi insultga uchradi](http://static.xabar.uz/crop/3/7/720_460_95_3711893687.png)
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning 65 yoshli onasi Dolores bugun kasalxonaga yotqizilgan. U insultga uchragan, deb xabar berdi «Sports.ru».
Shifokorlarning o‘z vaqtida bergan yordami bilan jiddiy oqibatlarning oldi olingan. Ammo Doloresning ahvoli qo‘shimcha parvarishni talab qiladi.
Ta’kidlanishicha, agar futbolchining onasiga tezkor yordam ko‘rsatilmaganida, u falaj bo‘lib qolishi mumkin edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter