Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya 24 nafar italiyalik diplomatni chiqarib yuboradi

Rossiya 24 nafar italiyalik diplomatni chiqarib yuboradi

Foto: «Global Look Press»

Rossiya Italiyaga javob chora sifatida  24 nafar italiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi, dedi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo aprel oyi boshlarida 30 nafar rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarilib yuborilishini e’lon qilgan va «milliy xavfsizlik» nuqtai nazaridan ushbu qarorga kelinganini izohlagandi.

Javob chorasi qo‘llanilishi bugun, 18-may kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Italiyaning Moskvadagi elchisi Jovanni Starachega rasman bildirilgan.

Avvalroq Rossiya 34 nafar fransuz diplomatini chiqarib yuborishini e’lon qilgandi. Ular ikki hafta muddatda RF hududini tark etishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring