Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya 36 mamlakat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi (ro‘yxat)

Rossiya 36 mamlakat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi (ro‘yxat)

Foto: «Gazeta.Ru»

«Rosaviatsiya» federal agentligi  36 mamlakat samolyotlari uchun maxsus ruxsatsiz Rossiya osmonida parvoz qilishni taqiqladi.

Agentlik ushbu qaror Yevropa mamlakatlari avvalroq Rossiyaga nisbatan qo‘llagan parvozlar taqiqlanishiga javob chorasi ekanini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga tushgan mamlakatlarning samolyotlari endi «Rosaviatsiya» yoki Rossiya TIV maxsus ruxsatnomasi bo‘lsagina rus osmonida parvoz qilishi mumkin.

«Rosaviatsiya» parvozni taqiqlagan mamlakat va hududlar:

Avstriya, Albaniya, Angilya (Britaniyaning dengizorti hududi), Belgiya, Bolgariya, Britaniya Virgin orollari, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Daniya (Grenlandiya, Farer orollari, Hududiy suvlar), Jersi, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Kipr, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya va Estoniya.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa mamlakatlari o‘z havo kengliklarini Rossiya uchun butunlay yopgandi.

«Biz Yevropa ittifoqi havo kengliklarini Rossiya samolyotlari uchun butunlay yopdik. Taqiqlov Rossiyaga qarashli, Rossiyada ro‘yxatga olingan va Rossiya tomonidan nazorat qilinuvchi barcha samolyotlar uchun amal qiladi. Bu samolyotlar parvoz qilib YeI havo kengliklariga kirishi yoki kesib o‘tishi hamda uning hududiga qo‘nishi taqiqlanadi», — degandi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring