Rossiya Afg‘oniston islom amirligini rasman tan oldi

Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov xabar berdi, deya yozmoqda rus OAVlari.
3-iyul kuni erta tongda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Afg‘onistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasanning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Afg‘oniston elchisi 1-iyul kuni Moskvaga yetib keldi. Ertasi kuni u o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan beri Afg‘onistonning Rossiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi.
Rossiya aprel oyida Afg‘oniston bilan diplomatik missiyasini elchixona darajasiga ko‘tardi. Ilgari Afg‘oniston bilan munosabatlarda faqat muvaqqat ishlar vakili darajasida ish olib borilgan. Yangilanish "Tolibon" Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston yangi hukumatini 2021- yildan buyon hech bir davlat tan olmay kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter