Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya – Armanistondan ket!», «Rossiya – dushman». Armanistonda Rossiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

«Rossiya – Armanistondan ket!», «Rossiya – dushman». Armanistonda Rossiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Kecha, 22-noyabr kuni tunda Armaniston poytaxti Yerevanda KXShT sammiti arafasida Rossiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi.

Tarmoqda Rossiyaga qarshi namoyish videolari paydo bo‘ldi, olomon orasida Fransiya, AQSh va Ukraina bayroqlarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, aksiyada «Rossiya – Armanistondan ket!», «Rossiya – dushman» shiorlari yangradi.

Aksiya Yerevandagi KXShT sammiti arafasida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaharga kelishi arafasida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Armanistonga kelishi kuni bo‘lib o‘tdi.

Rossiya rahbari Vladimir Putin tashrif davomida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish niyatida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23-noyabr kuni Yerevanda KXShT sammiti bo‘lib o‘tadi, unga Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raislik qiladi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring