Rossiya arzon narxlarda Afg‘onistonga gaz, yonilg‘i va oziq-ovqat yetkazib beradi

Nuriddin Aziziy.
Rossiya Afg‘onistonning «Tolibon» hukumatiga gaz, yonilg‘i va oziq-ovqat yetkazib beradi. Afg‘onistonning savdo va sanoat vaziri Hoji Nuriddin Aziziy bu haqda Reutersga ma’lum qildi.
Bitim doirasida Rossiya Afg‘onistonni yiliga 1 mln tonna atrofida benzin, 1 mln tonna dizel yonilg‘isi, 500 ming tonna siqilgan uglevodorod gazi va 2 mln tonna bug‘doy bilan ta’minlaydi.
Aziziy ruslar bilan tuzilgan shartnomalar qiymatini ochiqlamadi, biroq Rossiya jahondagi o‘rtacha xom ashyo narxlariga nisbatan pastroq narx qo‘yganini aytdi.
Ma’lumot uchun: «Tolibon» Rossiya tomonidan terrorchi va taqiqlangan tashkilot deb tan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter