Rossiya delegatsiyasi «MIFI» ilmiy tadqiqot yadro universiteti» filialiga tashrif buyurdi

Avval xabar berganimizdek, yurtimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirligi delegatsiyasi bugun kunning ikkinchi yarmida «MIFI» ilmiy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyati bilan tanishdi.
Marina Boyarskaya filialda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, o‘quv xonalari va laboratoriyalarning bugungi kun talablari darajasida jihozlanganligini alohida qayd etdi.
Axborot-kutubxona markazi ta’minoti, o‘quv adabiyotlari mazmuni ham mehmonlar e’tiboridan chetda qolmadi. Filial rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot davomida tomonlar mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan fikr almashdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter