Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Dneprdagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirdi

Rossiya Dneprdagi shifoxonaga raketa hujumi uyushtirdi

Bugun, 26-may kuni Rossiya armiyasi Dneprni o‘qqa tutish vaqtida tibbiyot muassasasi binosiga raketa hujumi uyushtirdi.

Dnepropetrovsk viloyati rahbari Sergey Lisakning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, kamida 15 kishi jarohat olgan.

«Xujum oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Barcha kerakli xizmatlar jalb qilindi», — deya yozma bayonot bergan Vladimir Zelenskiy.

Raketa hujumi natijasida 2 ta bino yonib ketgan. Yong‘in maydoni 500 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring