Rossiya elchisini o‘ldirganlikda ayblangan shaxs hibsga olindi

Turk politsiyasi Rossiya elchisi Andrey Karlovni o‘ldirishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda «AiF» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak avvalroq Turkiyada terrorchi hisoblangan Fatxulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan edi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, u «ByLock» dasturidan foydalangan. Hokimiyat vakillari shu kishi yordamida gulenchilar shifrlangan xabarlarni almashishadi, deb hisoblashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter